French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g‘oyasi asosidagi ezgu muloqot
14:42 / 2025-08-05

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Komandir va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. 

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan mazkur tadbirda asosiy e’tibor milliy suverenitetimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasiga xizmat qiluvchi islohotlarni keng targ‘ib qilishga qaratildi. Unda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari, Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

[gallery-24615]

Uchrashuv davomida ishtirokchilar mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy, harbiy, madaniy islohotlar, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi taraqqiyot yo‘nalishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Faxriylar va harbiy xizmatchilar yoshlarga o‘z hayotiy tajribalari, xizmat yo‘llari va Vatan himoyasi yo‘lidagi faoliyatlarini hikoya qilib berdilar.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarda yurt taqdiriga daxldorlik, fidoyilik va jasorat kabi fazilatlarni kamol toptirish, ularni Vatanga xizmat qilishdek sharafli yo‘lga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA