Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan tayanchi” jamoasi “Aybin–2024” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yig‘inida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi
09:05 / 2024-07-03

FOTOREPORTAJ

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida o‘tkazilgan “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etib, muvaffaqiyat bilan yurtimizga qaytdi.    

Bir hafta davom etgan bellashuvlarda jamoamiz Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus Respublikalari hamda mezbon davlatning 42 ta jamoasi bilan bellashib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu musobaqada Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 13-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Dovudbek Jo‘rayev ham rekord natija qayd etib, jamoa muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shdi.  

[gallery-18109]

Termiz temir yo‘l vokzalida Dovudbek Jo‘rayev o‘qituvchilari, ota-onasi, yaqinlari hamda harbiylar va faxriylar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA