Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan tarixini bilish – har bir chegarachining burchi
05:32 / 2025-11-12

FOTOREPORTAJ

Yoshlarni vatanparvarlik, tarix va milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalash – har bir sohada muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan harbiy xizmatchilar uchun tarixiy xotira va milliy g‘ururning ahamiyati beqiyos. 

Ana shu maqsadda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli Buloqboshi tumanida joylashgan harbiy qism xizmatchilari Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdi. 

Askarlar 156 mingdan ziyod eksponat saqlanayotgan muzeyning turli bo‘limlari bilan yaqindan tanishdi. Ular qadimgi asrlar – paleolit, mezolit, neolit va bronza davrlariga oid noyob topilmalarni ko‘zdan kechirdi. 

Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Farg‘ona vodiysi hayotiga tegishli arxeologik topilmalar, ganchkorlik va haykaltaroshlik namunasi bo‘lgan asarlar hamda ko‘plab noyob yozma manbalar bilan boy hisoblanadi. 

[gallery-26189]

– Andijon tarixiga oid juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldik, – deydi katta leytenant Boburjon Oltiboyev. – Xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan osori-atiqalar, yozma manbalar tariximizni yanada chuqurroq anglashga yordam berdi. 

Mazkur tashrif chegarachilar uchun ulkan ma’naviy ozuqa bo‘lib, ularga Vatan tarixini yanada teran anglash imkonini berdi. 

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA