Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam”
12:41 / 2023-12-07

Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida shu nomdagi tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar tasviriy va amaliy san’at, adabiyot, milliy maqom va milliy estrada yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini namoyish qildi. 

– Ilm-fan, san’at va madaniyat, zamonaviy axborot texnologiyalari, badiiy ijod sohalarida faoliyat yuritayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Farhod Nazarov. – Shuningdek, iste’dodli va tashabbuskor yoshlarning salohiyatini oshirish, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishi uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Tanlovda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.  

Tadbirda faol ishtirok etgan va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),  

O‘zA muxbirlari