English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Vatan taraqqiyotiga mening hissam»
18:37 / 2021-12-20

Mamlakatimizning iqtidorli yoshlarini aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirish, yangi-yangi iste’dod egalarni kashf etish maqsadida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan bir qator ezgu ishlar – ko‘rik-tanlov va loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan ilm-fan, sanat, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi talaba yoshlar o‘rtasida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 3 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 9 nafar g‘olibga tashkilot tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar taqdim etildi.

Tanlovning «Tasviriy va amaliy san’at» yo‘nalishida 1-o‘rinni Azizbek  Abdulhamidov, 2-o‘rinni Murodilla Rojiboyev, 3-o‘rinni Sarvar Ahmedov egalladi.

«Adabiyot va publitsistika» yo‘nalishida 1-o‘rinni Sarvar Jumayev, 2-o‘rinni Zeboxon Rahmonaliyeva, 3-o‘rinni Niyatullo Meliqulovga nasib etdi.

«Milliy maqom va milliy estrada» yo‘nalishida 1-o‘rinni Madina Ro‘ziboyeva, 2-o‘rinni Madina  Majidova, 3-o‘rinni Isroil Zoirov egalladi.

O‘zA