Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam”
15:47 / 2021-11-25

Buxoroda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

–Tanlov mamlakatimizning barcha hududlarida ilm-fan, san’at va madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash, munosib rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Marhabo Pardayeva. – Shuningdek, tanlov iste’dodli va tashabbuskor yoshlarning yangi tashabbuslar bilan chiqishi uchun qulay sharoit va imkoniyat yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Tanlovning viloyat bosqichida “Tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot va publitsistika”, “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishlari bo‘yicha  shahar va tuman bosqichi g‘oliblari bahslashdi.

[gallery-4800]

Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, “Tasviriy va amaliy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha Iqbolxon Zokirova, “Milliy maqom va milliy estrada” yo‘nalishi bo‘yicha Gulsanam Jo‘rayeva, “Adabiyot va publitsistika” yo‘nalishi bo‘yicha Jasurbek Esonov birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini oldi.  

Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘a va diplomlar topshirildi.

 

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA