Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan taraqqiyoti yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilamiz
12:02 / 2020-01-23

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi tarixiy nutqi ham menda ana shunday favqulodda taassurot qoldirdi.


Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining qilgan har bir chiqishi, har bir ma’ruzasi o‘zining mazmuni, ko‘lamdorligi, mavjud kamchiliklarni hal etishdagi tanqidiy tahlilga boyligi, kishilarga jo‘shqinlik, ko‘tarinki ruh va kayfiyat bag‘ishlaydigan dadil, istiqboldagi aniq rejalarni bayon etib berishi bilan ijtimoiy-siyosiy hayotimizda katta voqelikka aylanmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi tarixiy nutqi ham menda ana shunday favqulodda taassurot qoldirdi.

Bugun dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda, odamlar o‘zgarmoqda. Ko‘hna tarix uchun juda qisqa muddat bo‘lib tuyuladigan uch yil ichida mamlakatimizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohalar, jumladan, tibbiyot, ta’lim, ilm-fan yo‘nalishlaridagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha qator fundamental islohotlar amalga oshirildi, bu jarayon bugun ham davom etmoqda.

Albatta, qisqa fursat ichida erishilgan ulkan natijalar har birimizni mamnun etadi. Yangilanayotgan O‘zbekiston keyingi uch yilda qo‘lga kiritgan ulkan ijobiy ko‘rsatkichlar xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Jumladan, Jahon bankining o‘tgan yilgi “Davlat boshqaruvi indikatori”da mamlakatimiz 5 ta ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z o‘rnini yaxshiladi. Prezidentimiz alohida ta’kidlab o‘tganidek, “Bunga erishish uchun xalq dardini eshitadigan, uning og‘irini yengil qiladigan samarali tizim yaratdik, matbuot erkinligi hamda davlat idoralarining aholi oldidagi hisobdorligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni boshladik”.

Aytish joizki, respublikamizda ikkita soliq turining birlashtirilgani jahon ayvonida “Biznes yuritish” reytingining soliqqa tortish yo‘nalishidagi ko‘rsatkichimiz yaxshilanishiga omil bo‘ldi.

Biroq zamon talabi shu – endi erishilgan muvaffaqiyatlar bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Kechagi natija bugunni qoniqtirmaydi. Zero, munosib turmush sharoiti yaxshilanarkan, shunga mutanosib ravishda xalqimizning yaxshi yashashga bo‘lgan talabi ham ortib boraveradi.

Demak, zamon, davr, taraqqiyot har kuni izlanishni, yangilik yaratishni, odamlar hayotini yanada yaxshiroq tomonga o‘zgartirishni talab etmoqda.

Yurtboshimizning qo‘shma majlisdagi nutqi faoliyatimizga tanqidiy ruhda qarashi, yaqin kelajakka mo‘ljallangan dadil rejalari bilan alohida ajralib turdi. Rejalarni, eshitgan mahaling ularning mahobatidan boshing aylanib ketguday bo‘ladi. Ammo chuqurroq razm solsak, shunday serg‘ayrat yetakchimiz, mehnatkash xalqimiz bor ekan, mazkur mo‘ljallar, albatta, amalga oshadi, degan qat’iy ishonch paydo bo‘ladi ko‘ngilda. Faqat buning uchun bir tanu bir jon bo‘lib, belni mahkam bog‘lab harakat qilishimiz lozim bo‘ladi. Zero, har bir reja aniq hisob-kitoblarga, chuqur tahlillarga asoslangani shundoq ko‘rinib turibdi.

Prezidentimiz nutqida “real natijadorlik” atamasi ishlatildi. Bu bejiz emas, albatta. Hukumat, vazirlik va idoralar, joylardagi hokimlar, butun davlat boshqaruvi tizimi islohotlar doirasida qabul qilingan ushbu dasturiy hujjatlar ijrosini qat’iy ijro etib, xalq manfaatlarini ta’minlagandagina real natijadorlikka erishiladi. Zero, qog‘ozbozlik davri o‘tdi, endi har bir topshiriqning ijrosi qog‘ozga qarab emas, erishilgan pirovard natijaga qarab baholanadi.

Yana bir muhim jihat. Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida yaqin besh yil ichida yalpi ichki mahsulotni qariyb 2 barobarga oshirish yoki 58 milliard dollardan 100 milliard dollarga yetkazish zarurligini alohida ta’kidlab, asoslab o‘tdi. Bunday o‘ziga xos “iqtisodiy sakrash”ga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, soliq-budjet siyosatini takomillashtirish, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal sohalarni keskin rivojlantirish orqali erishiladi.

Ayni paytda rejadagi muddat ichida inflyatsiya darajasini 5 foizga kamaytirish mo‘ljallanmoqda, Bu ko‘rsatkichga erishish yo‘llari ham ma’ruzada aniq ko‘rsatib o‘tildi: o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan iste’mol mahsulotlari hajmini ko‘paytirish; to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yillik hajmini 10 milliard dollarga yetkazish va eksport hajmini 30 milliard dollargacha oshirish.

Ma’ruzada bizning partiya g‘oyalari va Saylovoldi dasturimizga hamohang o‘rinlar borligi bizni yanada mamnun etdi. Xususan, davlatimiz rahbari partiyamizning dasturiy maqsadlaridan bo‘lgan ustuvor yo‘nalish – xalq xo‘jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish mavzusiga alohida to‘xtalib, jumladan, shunday dedi: “Kelgusi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishni kamida 80 milliard kilovatt soatga yetkazish, shuning kamida 20 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ta’minlash talab etiladi”.

Bu 2025 yilga borib 20 foiz, demak, kamida 16 milliard kilovatt soat elektr energiyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqariladi, deganidir. Bu — juda katta ko‘rsatkich. Mazkur rejaning amaliyotga tatbiq etilishida Hukumat, vazirliklar, tegishli idoralar bilan bir qatorda “Adolat”chilarning ham faol ishtirok etishi talab etiladi. Bu, shubhasiz, partiyamizning mamlakatimizda mavjud tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish borasidagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mamlakatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida farmasevtika sohasida kelgusi besh yilda mahalliy dori vositalari ishlab chiqarish hajmining ichki bozordagi ulushini 45 foizdan 70 foizga oshirish va eksportni 100 million dollarga yetkazish zarurligiga alohida to‘xtaldi. Bu yo‘nalish ham partiyamiz g‘oyalariga hamohangligi bilan bizni o‘ziga jalb etadi. Zero, ichki bozorni mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash chetdan kirib kelayotgan qalbaki dorilar iste’molining oldini oladi. Bu esa, mamlakatimizning eng katta boyligi bo‘lgan xalqimiz sog‘ligini saqlashda juda muhim ahamiyatga ega.

Endi ayrim raqamlarga e’tibor qarataylik. Davlatimiz rahbari ma’ruzasida ko‘rsatib o‘tilgan barcha aniq rejalarni ro‘yobga chiqarish hisobidan ishsizlik 7 foizga kamayadi, yiliga kamida 500 ming ish joyi yaratiladi, aholi daromadi 2 barobarga oshadi. 

Demak, keyingi besh yillikda mazkur ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash, bu jarayonda faol ishtirok etish yangi Hukumatning, jamoat tashkilotlarining, jumladan, O‘zbekiston “Adolat” SDPning ham oldidagi eng muhim, o‘ta dolzarb vazifa bo‘ladi. Bu mas’uliyatli vazifani bajarish yo‘lida partiya deputatlari, hududiy kengashlari, har bir a’zomiz, xayrixohlarimiz, albatta, bizga kamarbasta bo‘lib, qo‘lni qo‘lga berib, fidoyilik bilan faoliyat yuritishadi.

Narimon UMAROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikerining o‘rinbosari,
“Adolat” SDP fraksiyasi rahbari.