Vatan sha’nini ulug‘lagan dzyudochilar Toshkentda
Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 5 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, dunyoning 71 davlati orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.


Muzaffar sportchilarimiz va ularning murabbiylarini kutib olish marosimida ishtirok etgan sport vaziri o‘rinbosari Murod Ismoilov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, federatsiya mutasaddilari, dzyudochilarimizning oila a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ushbu g‘alaba joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahraynda o‘tadigan III o‘smirlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lganini ta’kidladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA