Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz jasorati hech qachon unutilmaydi
14:50 / 2025-10-28

Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi tomonidan “Shonli tariximizda o‘chmas iz qoldirgan buyuk sarkardalarimiz va ulug‘ allomalarimizning jasorat va qahramonliklari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz tarixida o‘zining mardligi, jasorati va fidoyiligi bilan ajralib turgan ajdodlarimiz hayoti, ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari hamda boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida akademiya harbiy xizmatchilari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan muzey va yodgorliklar bilan tanishdi.  

Tadbir jarayonida ishtirokchilar xalqimizning ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati va qahramonligini chuqur his etishdi.  

Tashkil etilayotgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik, fidoyilik va tarixiy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA