Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatan” jamoat fondi shifokorlar fidoyiligini e’tirof etdi
13:00 / 2023-02-26

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi 1979 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Yillar davomida  bolalar dardiga malham bo‘lib kelayotgan shifo maskanida 782 nafar tibbiyot xodimi mehnat qiladi.  

[gallery-10710]

Bolalar shifokorlari Vasila Azimova va Shoira Hojiyeva ko‘p yillik samarali mehnati, kasbga sadoqati uchun O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlari birlashmasi tomonidan  “Pandemiyaga qarshi kurashganligi uchun” hamda “Vafo va sadoqat uchun”  medallari bilan taqdirlandi.

Mukofot “Yunusobod” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul vakillari, kasalxona jamoasi ishtirokida “Vatan” jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov tomonidan topshirildi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA