FOTOREPORTAJ
«Vatan» jamoat fondi tomonidan aholi osoyishtaligi va salomatligi yo‘lida xizmat qilayotgan o‘z kasbining fidoyilarini rag‘batlantirish, shu orqali ularni yangi yutuqlar sari ruhlantirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev hamda shu bo‘limning katta tergovchisi Shahriddin Hojimuratov «Fidoyi vatanparvar» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar Majburiy davolash narkologiyasi shifoxonasi bosh shifokori Javlon Ortiqov «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun» medali bilan taqdirlandi. Bosh shifokor o‘rinbosari Adham Ropijonov esa «Gippokrat» medaliga loyiq ko‘rildi.
[gallery-21872]
«Vatan» jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov taqdirlanganlar huzurida bo‘lib, jamoa oldida o‘z kasbining fidoyilarini qutladi hamda medal va ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA