Yil boshida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti «2035 yilga borib O‘zbekiston aholisi 45,6 mln. kishidan oshishi kutilmoqda» deya xabar tarqatdi. Tahlillarga ko‘ra, o‘sha paytgacha maktablarda qo‘shimcha 8,2 million o‘quvchi o‘rnini yaratish zarurati yuzaga kelgan.
Birgina shu jihat mamlakatimiz va jamiyatimiz bugun qanday yangilanish va o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turganini yaqqol ko‘rsatib bera oladi.

Holbuki, mustaqillikka erishilgan 90-yillar boshida mamlakatimiz aholisi soni 20 million atrofida edi. Albatta, demografiyaning bunday siltama dinamikasi biz istaymizmi yoki yo‘q, ijtimoiy va siyosiy hayotimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy. Qolaversa, bugun dunyoda kechayotgan va natijalarini oldindan tusmollash juda qiyin bo‘lgan geoiqtisodiy va geosiyosiy vaziyat nafaqat davlatimiz, balki mintaqadagi «iqlim»ni keskin o‘zgartirdi, yangi vazifa va masalalarni yuzaga keltirdi: globallashuv jarayonlari jadallashdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlagan liberal islohotlar esa mamlakat ichki hayoti – jamiyatda ruhiy yangilanishlarga turtki berdiki, bu odamlar tafakkuri, turmush sharoitida ham o‘z aksini ko‘rsata boshladi. Garchi yangilanishlarni qabul qilish, tan olishga ba’zilarda iroda va samimiyat yetishmayotgan bo‘lsa-da, buyuk Sofokl «haqiqat doimo eng qudratli dalil bo‘lib qolaveradi» deganidek, amalga oshirilgan o‘zgarishlar turmushimizga o‘zgacha mazmun-mohiyat bag‘ishlaganini barchamiz ko‘rib, bilib turibmiz.
Kezi kelganda, men hayotdan norozi bo‘lib tinmay yozg‘iradigan, o‘zlaridan «haqiqatparvar» yasab olgan ba’zi vatandoshlarimizga birgina savol beraman: atigi yetti yil oldin sizda oddiy bir inson haqli bo‘lgan qanday huquqlar bor edi? Masalan, bank kartasiga tushgan maoshingizni naqdlashtirolmay, necha kun sarson bo‘lgansiz yoki bugungidek ijtimoiy tarmoqlarga chiqib, bemalol o‘z fikringizni erkin ayta olganmisiz, erkin internet, degan narsaning o‘zi bormidi, u zamonlarda?
Albatta, bu keltirganlarim bo‘lgan o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlarning mingdan biri. Qolaversa, hozir gap amalga oshirilgan islohotlarni sanash yoki kimnidir malomat qilish haqida emas, balki uning hayotimiz va dunyoqarashimizni o‘zgartirib yuborgani – suggestiv xarakteri haqida. Aytish mumkin bo‘lsa, jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy zehniyatning o‘zgarishi jamiyat tafakkurini yangiladi. Va o‘z o‘rnida ushbu jihatlar tom ma’noda huquqiy poydevor – konstitutsion yangilanishlarni amalga oshirish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi.
Men amaldagi Bosh Qonunimizni kamsitmagan holda, keyingi paytlarda jamoatchilik orasida ko‘p va haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan ma’muriy boshqaruvdagi bir nuqtaga e’tibor qaratmoqchiman: qachongacha hokimlar ham ijro, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘ladi? Taassufki, amaldagi Konstitutsiyada shu va shunga o‘xshash haqli savollarga sabab bo‘luvchi, bugungi o‘zgarish va yangilanishlarni to‘la qamrab olishga, zamonaviy dunyoda kechayotgan global taмоyilларni o‘ziga singdirishga monelik qiladigan bo‘shliqlar haqiqatan ham bor.
Shu ma’noda, bugun konstitutsion islohotlarning amalga oshirilayotganini tarixiy zarurat sifatida qabul qilsak, adolatdan bo‘ladi.
***
Bir narsani ochiq tan olishimiz kerakki, xalq manfaati yo‘lida islohotlar o‘tkazish har doim ham oson kechgan emas. Uning yo‘liga kimdir g‘ov qo‘yishi, kimdir dov bo‘lishi tabiiy. Bunday holatlarni hayotimizda ko‘rib ham turibmiz. Hattoki, yurt taqdiri, xalq tinchligi bilan bog‘liq biror-bir muammoga eng oqilona yechim topgan, natijasi мислсиз darajada samarali kechgan masalada ham ehtirom o‘rniga ta’nayu dashnom eshitishing hech gap emas. Besh qo‘l barobar bo‘lmaganidek, barchaga birdek yoqish, manzur bo‘lishning mutlaqo imkoni ham yo‘q. Ammo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan boshlangan o‘zgarishlar shabadasi xalqimizga chinakam erk berdi, uning qadrini yuksakka ko‘tardi. Xalqimiz buni qalbdan his qilib turibdi. Shunga yarasha yuqorida taъкидлаганimiздек, xalqimizning tafakkuri, dunyoqarashi ham o‘zgardi.
Hayotimizda bugungacha kechgan islohotlar ko‘pchilik hollarda bir xarakterga, masalan, ma’muriy yoki ma’lum bir soha istiqbolini belgilashga qaratilgani bilan kechishiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz, lekin O‘zbekistonda 2016 yildan boshlangan o‘zgarishlar butunlay boshqacha qiyofa kasb etdi. Islohotlar markazida inson turgani, qolgan barcha yangilanishlar mana shu oliy qadriyat – inson omili atrofida kechgani Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosatining ezgu va xalqparvar ekanini ta’minlab berdi.
Biz shunday davrlarni boshdan kechirdikki, inson qadri haqida gapirish xuddi mutoyibaga o‘xshab qolgandi. Insonning hayoti, taqdiri, qandaydir siyosiy-iqtisodiy ambitsiyalarga some’ keltirilgandek, oddiy odamlar ko‘p, va hatto, oddiygina huquqlaridan ham mosuvo etilgandek edi. To‘g‘ri, rasmiy matbuot «daxlsiz huquqlar» haqida tinimsiz jag‘ urar, yozar, lekin hayotda buni nafaqat ko‘rish, his etish, balki ilg‘ash ham imkonsiz edi. Konstitutsiyani, uning asosida qabul qilingan qonunlarni istalgancha talqin qilish mumkin edi. Insonning bir qadriyat sifatida davlat siyosatida tutadigan salmog‘i, deylik, uning tabiiy boyliklari, harbiy kuchi, iqtisodiy imkoniyatlaridan ham quyiroqqa surib qo‘yilgan edi. Ammo zamonaviy dunyoda kechayotgan tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugun dunyoga va hayotga bunday qarashning payti o‘tdi. Inson omili barcha tabiiy boyliklar va mafkurayu turli xil nazariyalardan ko‘ra qimmatliroq va bebaho qadriyat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun global dunyoda kechayotgan iqtisodiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy ushbu evrilishni to‘g‘ri angladi va bor kuch-quvvati, siyosiy irodasini shu yo‘l – xalqining qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, uning egilgan qaddini ko‘tarishga yo‘naltirdi. Ushbu сиёсат natijasi o‘laroq, bugun xalqning eng avvalo, turmush darajasi, huquqlari, intellekti, dunyoqarashi, tafakkur olamiga qarab baho berish urfga aylandi.
Darhaqiqat, inson tafakkuri, hayotdan rozilik darajasi, uning haq-huquqlari so‘zsiz ta’minlanishi har qanday qudratdan muhimroqdir. Bugun O‘zbekistonda kechayotgan yangilanishлар mazkur jihatlari bilan ham ko‘pchilikning qiziqishiga, havasiga sabab bo‘layotgani ayni haqiqat. Bir narsani faxr bilan aytish kerakki, endilikda O‘zbekistonda inson qadri eng oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi.
Shu bois ham O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga «Inson – jamiyat – davlat» tamoyili kiritilayotgani bejiz emas. Zotan, biz yangilayotgan Konstitutsiya insonni jamiyat va davlatdan ustun qo‘ymoqda.
Xususan, yangi tahrirdagi Qonunimiz loyihasining 1-moddasida «O‘zbekiston – suveren демократик respublika» jumlasini «Ўзбекисtoн – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat» deya o‘zgartirildi. Nega bunday qilindi? Ko‘pchilik konstitutsiyadagi bu o‘zgarishni o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan shunchaki bir omadi gap yoki xalqaro andozalarga mos bo‘lishi uchun bir hasham deb talqin qilishi ham mumkin. Biroq, unday emas: Prezident ish boshlagan dastlabki kunlaridan to bugungi faoliyatigacha nazar solsangiz, bo‘rtma bir qizil chiziqni ko‘rasiz, bu bevosita ijtimoiy himoya, xalqning, odamlarning og‘irini yengil qilish, necha yillardan buyon ro‘shnolik ko‘rmay, rangi sarg‘aygan beva-bechoralar, nogironlar, jamiyatning kam ta’minlangan qatlami dardiga darmon bo‘lish istagida qilingan amaliy harakatlardir. Bunga bugun dunyo hamjamiyati istiqbolli tajriba sifatida e’tirof etayotgan «daftarlar formati», uysizlarni arzon uy-joy bilan ta’minlash va yana bir qancha ijtimoiy loyihalarni kiritish mumkin. Demak, Prezidentda «ijtimoiy davlat» taмоyilиni Bosh qonunimizga muhrlash rejasi bugun paydo bo‘lmagan va o‘z o‘rnida bu shunchaki jimjimador, qonunni bezash uchun topilgan ibora ham emas, balki o‘zining yetarli asoslariga ega puxta va uzoq o‘ylangan siyosatdir.
O‘rni kelganda Shavkat Miromonovich amalga oshirgan yana bir tarixiy voqea, insonparvarlik, elparvarlik namunasi sifatida yodimda qolgan holatni aytmasam bo‘lmas. Zotan, davlatning, millat Liderining o‘z fuqarosiga, millatdoshiga ko‘rsatgan oqibati, mehri aslida qay darajada bo‘lishi kerakligi, qolaversa, O‘zbekistonda yangi ma’muriyat davrida insonga munosabat qay darajada o‘zgarganini ko‘rsatishga yaxshi misol bo‘ladi. Bu, 2019 yildan buyon bir necha bosqichda amalga oshirilgan «Mehr operatsiyasi» bilan bog‘liq xotiralardir. O‘shanda davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan yuzlab vatandoshlarimiz, asosan, ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarilgan edi.
Bu haqda gap ketganda, biz birgina so‘z bilan «qaytarildi» deb osongina tilga olamiz. Lekin bu operatsiyaning ortida qanchalik katta xavf va mashaqqat turganini, qanday og‘ir va qiyin qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelinganini hamma ham tasavvur qilolmaydi.
Shavkat Miromonovich «Garchi adashgan bo‘lishsa ham, lekin ular vatandoshlarimiz-ku! Ular uchun kim bilan bo‘lsa ham muzokara olib borishga tayyorman», deb haqiqiy milliy liderlarga xos jasorat va qat’iyatini namoyon etgan edi. Yordamga muhtoj har bir yurtdoshimiz, millatdoshimiz uchun jon kuydirdi. Ularni Vatanga qaytardi. Faqat qaytarish bilan cheklanmadi, og‘ir damlarni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Jamiyatga moslashishlari, ta’lim, ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi, ularni boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.
Shu emasmi, insonning o‘z yurtida haqiqiy qadr va e’tibor topganining amaliy dalili va ifodasi?
Donishmandlar aytganlaridek, bolaning, yurtdoshning begonasi bo‘lmaydi. Yaqin Sharq va Afg‘onistondan tashqari, Ukrainada boshlangan taloto‘plardan keyin 6 ming nafarga yaqin yurtdoshimiz O‘zbekistonga olib kelindi. Vaholanki, 2016 yilgacha chet ellarda murakkab ahvolga tushib qolgan vatanдошларimiзni yurtimizga olib kelish tugul, chorasiz qolgan fuqarolarimizning hatto haq-huquqlariga ham e’tibor qilinmas edi.
Bunday nozik va murakkab masalada qat’iyat bilan qaror qabul qilish hazilakam jasorat va siyosiy irodani talab etadimi? O‘sha bolalarning baxtiqaro otalari o‘zga yurtlarda katta ehtimol bilan kafansiz ko‘milgani, onalari esa tutqunlikda nechog‘liq og‘ir ahvolda ekanini xayolga keltirishning o‘zi dahshat-ku axir!
Dunyo donishandlari yana bir fikrni alohida ta’kidlaydilar: yorug‘ dunyoga kelgan har bir bola baxtli bo‘lish huquqiga ega. Buning uchun o‘zini hurmat qilgan har bir davlat zimmasiga ma’lum bir majburiyatlarni oladi va bajaradi ham.
***
Qabul qilinayotgan yangi Bosh qomusimizni chin ma’noda xalq konstitutsiyasi, desak menimcha, hech kim e’tiroz qila olmasa kerak. Zotan, mazkur loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida deyarli butun xalqimiz ishtirok etdi va ular tomonidan jami 222 ming 715 ta taklif kelib tushdi.
Men komissiya a’zosi, qolaversa, uzoq yillar davomida davlat va jamoat ishlarida ishlagan, yetarlicha hayot tajribasiga ega bo‘lgan bir inson sifatida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlarning eng muhimlaridan bir nechtasi haqida fikr yuritmoqchiman.
Maqola avvalida bekorga Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining demografiya bo‘yicha tahlillarini keltirmadim. Zotan, bugun mamlakatimizdagi aholi o‘sishi dunyo darajasida eng yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi. Prognozlarga ko‘ra, 2035 yilga borib, 7-17 yosh oralig‘idagi bolalar soni 9 million 737 ming nafarni tashkil etadi. Bu hisobga 17-30 yoshgacha bo‘lganlarni ham qo‘shsak, miqdor qanchaga ko‘tarilishini tasavvur qila olasizmi?.. Quvonarlisi, yangi Konstitutsiyamizda ayni shu jihat muhim omil sifatida hisobga olindi va alohida bob darajasiga olib chiqildi. Bu, hech shubhasiz, mamlakatimizda yoshlar siyosatiga ustuvor ahamiyat berilayotganini ko‘rsatadi, albatta.
Muhokamalarda deputatlarimiz, ishchi guruh a’zolari va ekspertlar 2040 yilga borib, mamlakatimiz umumiy aholisining 25 millionini yoshlar tashkil etishini urg‘ular ekan, o‘sib kelayotgan avlod uchun ish o‘rinlari yaratish, ularning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish, ijodiy-intellektual qobiliyat va iste’dodlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish мажbuриятиni davlat o‘z zimmasiga olayotgani yoshlarimizning imkoniyatlarini tez va ortiqcha to‘siqlarsiz amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qilishini birdek e’tirof etishdi.
Haqiqatan ham, bugun jamiyatda yoshlarning o‘rni katta. Avlodlar almashinuvi kechayotganini barchamiz yaxshi his etib turibmiz. Shu ma’noda, mazkur masala taraqqiyotimizning muhim faktori sifatida ko‘rilib, asosiy qonunimizdan unga alohida bob ajratilgani, birinchidan, Prezidentimiz boshlagan siyosatda yoshlar, kelajak avlod, lo‘ndaroq aytganda, jamiyatdagi demografik vaziyat hisobga olingan bo‘lsa, ikkinchidan, boshlagan ishlardan ortga qaytmaslik, umumsiyosat va iqtisodiyotdagi ma’muriy qadimchilik (konservatizm)dan voz kechib, liberal islohotlar sari dadil qadam tashlash shahdini ifoda etadi.
Davlatni, erkin jamiyatni shakllantirish shunday jarayonki, unga ba’zan yillab vaqt sarflanadi. Bizda ham mustaqil bo‘lganimizga garchi 30 yildan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ba’zi sabablarga ko‘ra, ortga surilib, hal bo‘lmay qolayotgan muammolar, masalalar bor edi. Achinarlisi, konstitutsiyamizdagi «bo‘shliq»larning deyarli barchasi taraqqiyotimizga, zamonaviy dunyoga integratsiyalashuvimizga xalal beradigan toifaga mansub edi, desak, hech adashmagan bo‘lamiz.
Mana, masalan, so‘zimiz avvalida tilga olgan davlat boshqaruv tizimidagi hokimlarga berilgan qonuniy vakolatlar masalasi. Shu masala, adashmasam, 30 yildan buyon keng jamoatchilik, xalqimiz tomonidan keskin munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Referendum – xalqimiz tanloviga qo‘yilgan Bosh Qomusimiz лойиҳасиda mazkur masalaning adolatli yechimiga ham alohida e’tibor qaratildi: endilikda yangi Konstitutsiyaning XXI bob, 120-moddasiga asosan, hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish institutidan voz kechiladi.
Mazkur o‘zgarish mahalliy darajada hokimиятлар bo‘linishi prinsipini amalga oshirish, hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish institutini tugatish davlat boshqaruvi tizimi yangilanishining mantiqiy davomi bo‘ladi. Amaldagi qonunimizga ko‘ra, mazkur masalada vaziyat qanday edi? Tartib shunday ediki, hokim mahalliy бошқарuвdaги har ikki institutga ham bevosita rahbar, ijro ham, nazorat ham uning o‘zida edi. Ya’ni, men o‘zimga o‘zim reja tuzaman, o‘zimni o‘zim tekshiraman, mabodo ish pachava bo‘ladigan bo‘lsa, kishi bilmas holda o‘zim to‘g‘rilab qo‘yaman. Xalq tilida aytganda, yopig‘liq qozon yopig‘lig‘icha qolaveradi. Bu yerda tafovutni ko‘rmayapsizmi?
Yana bir masala. Bugun mamlakatlar, keng ma’noda aytganda, insoniyat va ona zaminimizning taqdiri ko‘p jihatdan ekologiya bilan bog‘liqligini butun dunyo olimlari, siyosatchilari birdek e’tirof etishmoqda. Jahonning jamiki davlatlari, burchlariga xavf solayotgan ushbu muammo bizga ham begona emas. Bunga misol sifatida o‘tgan asrning so‘nggida quriy boshlagan va haqli ravishda «asr fojiasi» deya atalgan Orol muammosini keltirishimiz mumkin. Zotan, ayni ekologik tanazzul mamlakatimiz, xalqimiz kelajagi va istiqboliga yetarlicha muammo tug‘dirishi bilan biz uchun o‘ta dolzarb sanaladi.
Qachonlardir kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan ko‘l bugunga kelib, deyarli yo‘qoldi, uning o‘rnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro – Orolqum paydo bo‘ldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni ko‘tarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolbo‘yida yashab kelayotgan tub aholi uchun nihoyatda og‘ir sinovdir. Aholi, birinchi galda, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va ko‘makka juda muhtoj.
Hozirda aynan Prezidentimizning tashabbusi bilan Orolbo‘yi aholisiga kerakli barcha yordam ko‘rsatilmoqda, dengizning qurigan qismida saksovulzor va yashil hududlar yaratilmoqda. Tabiatdagi global iqlim o‘zgarishлари, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani ekologik xavfsizlikni g‘oyat dolzarb masalaga aylantirdi. Davlatimiz rahbarining bu boradagi takliflari ham xalqaro jamoatchilikning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Gap Orolbo‘yi haqida ketganida, Yurtboshimizning taklifi asosida 2018 yilda Nyu-Йоркda BMT tomonidan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi tashkil qilinganini alohida aytib o‘tish joiz.
Mazkur fondning maqsadi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va donor hamjamiyatining mablag‘larini Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan murakkab chora-tadbirlarni amalga oshirishga safarbar etishdan iboratdir.
Umuman, Shavkat Miromonovich dunyodagi eng nufuzli tashkilot minbaridan turib, global va mintaqaviy ahamiyatga molik bir qancha muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surdiki, ular xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilib, qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Aytish joizki, Yangi O‘zbekiston yetakchisining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanayotgan islohotlaridan yana biri, hech shubhasiz, bu – qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati, ayollarni og‘ir va xatarli mehnatga jalb etish, majburiy mehnat kabi noxush holatlarga butkul barham berilganidir.
Yuzaga kelgan holatlar tufayli o‘zbek paxtasiga global baykot e’lon qilinib, dunyo to‘qimachilik bozori ishtirokchilari tomonidan turli iqtisodiy cheklovlar qo‘yilgan edi. Endilikda ularning barchasi tarixga aylandi. Islohotlarning yangi davrida boshqa sohalar qatorida agrar жабҳа ham modernizatsiya qilinib, sohaga bozor tamoyillari amalda joriy etildi. Natijada qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning innovatsion modeli bo‘lgan klaster usuliga o‘tildiki, buning hisobidan sohaning investitsiyaviy jozibadorligi ortdi, yillar davomida e’tibordan chetda qolib kelgan paxtachilik tarmog‘i yurtimiz va xorijiy investorlarning nazariga tushdi. Qishloq xo‘jaligi, yer o‘z egasini topib, sanoatlasha boshladi.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining кластyer tizimiga o‘tish haqidagi g‘oyasi zamirida, avvalo, qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish, chekka hududlarda zamonaviy fabrikalar bunyod etib, aholining bandligini ta’minlash, hayot darajasini oshirishdek ezgu maqsadlar mujassam. Agar o‘tgan olti yilni tahlil qiladigan bo‘lsak, buning amaldagi tasdig‘iga guvoh bo‘lamiz.
Gap shundaki, bugungi kunda respublikamizda 134 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ular tomonidan yetishtirilayotgan paxta tolasi klaster korxonalarining o‘zlarida 100 foiz qayta ishlanmoqda. Vaholanki, bundan besh yil avval ushbu ko‘rsatkich 40 foiz edi, xolos.
Eng asosiysi, klasterlar sharofati bilan boshqa soha vakillari qishloq xo‘jaligi yumushlaridan ozod qilindi. Hamma o‘z ishi bilan shug‘ullana boshladi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasi ortib, qo‘l mehnati tobora qisqartirilmoqda. Bir paytlardagidek, talabalaru byudjet tashkilotlari xodimlarini dalaga chiqarish butunlay barham topdi.
Bu esa dunyo hamjamiyati, xususan, «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi tomonidan tan olinib, o‘zbek paxtasiga nisbatan e’lon qilingan boykot bekor qilindi. Ya’ni, 12 yil davomida amalda bo‘lgan cheklov yechilib, oq paxtamiz «qora ro‘yxat»dan chiqarildi. Bu to‘qimachilik mahsulotlarimiz uchun dunyo bozorlari ochilganidan dalolatdir.
Prezidentimiz bu haqda to‘xtalib, «Necha yillardan beri paxtadan manfaat ko‘rmadik. Paxtamizning rangi oq edi, lekin nomi «qora» bo‘lib yurdi. Biz buning uchun qancha qiynaldik. Agar siyosiy iroda bo‘lmaganida shu narsalar bo‘larmidi? Lekin bu – kurash. Kecha televizorda ko‘rsatdi, o‘zining, yurtining qadriga yetgan odam xursand bo‘lib yig‘ladi. Millatimizning qadr-qimmati bu» deganlarida ming karra haq edi.
Men eng dolzarb ekologik muammoimiz «Orol fojiasi» va paxta nomenklaturasi, ya’ni aynan shu ziroatchilik ekinini yetishtirishda yo‘l qo‘yiladigan majburiy mehnat, agar lozim bo‘lsa, aytish mumkinki, yuz yillar xalqning sho‘rini quritgan, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod, bolalarimizning ta’lim olishiga, emin-erkin o‘sib-ulg‘ayishiga imkoniyat yaratib kelgan siyosat va bu tizimning qisqa muddat ichida adolatli isloh qilingani haqida bekorga gapirmadim. Zotan, ayni shu ikki masala bo‘yicha ham yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda huquqiy qoidalar belgilandi. Chunonchi, uning 44-moddasida «Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllar ta’qiqlanadi» deb yoki ekologik muammo bo‘yicha mazkur Qonunning 49-moddasida «Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faolияти sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi» va yana shu moddada «Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi» deb kiritildi.
Bizga unchalik yangilik bo‘lmagan ushbu muammolarning asosiy Qonunimizga temir qoida sifatida kiritilayotganidan yuqorida keltirganimizdek, shu narsani yana takror bo‘lsa-da, aytmoqchimanki, bu o‘zgarishlar ba’zi birovlar aytayotganidek, xorijiy davlatlar yoki tashkilotlarning «ko‘zini shamg‘alat» qilish yoki ularga yoqish uchun emas, balki uzoq yillar o‘ylangan, xalqimizning xohish-irodasini yorqin ifoda etadigan masalalardir. Agar yaxshilab e’tibor bersangiz, shu ikki ulkan, uzoq yillar mobaynida hal etilmay, xalqimizning hayot tarzi, turish-turmushiga jiddiy ta’sir qilib, yangi islohotlarning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘layotgan muammolar Prezidentimiz бошқарuвга kelgan ilk kunlardanoq mamlakatimiz siyosatining ustuvor maqsadlaridan biriga aylangan edi. O‘tgan olti yil davomida mazkur masalalarni yechishning huquqiy-iqtisodiy asoslari yaratildi. Va undan keyin Bosh Qonunimizga қоиda sifatida kiritilmoqda. Zero, bunday xalqqa qarshi ishlagan siyosatga, tizimga endi qaytmaymiz, deganday. Aslini olganda, Qonunimizdagi shu «detal»ning o‘zi ham «ijtimoiy davlat» tushunchasini to‘ldirishga, quvvatlashga qaratilgani bilan g‘oyatda ahamiyatlidir.
***
Yangi tahrirdagi konstitutsiyamiz loyihasi Parlamentda tasdiqlanib, matbuotda e’lon qilinganiga ham mana, bir necha kun bo‘ldi. Men xalqning, elning ichida yurgan bir odam sifatida aytishim mumkinki, odamlarimiz konstitutsion islohotlardan rozi. Ko‘pchilik, unga кўнглимdaги, meni uzoq vaqtdan buyon qiynab yurgan masalalar modda sifatida kiritilibdi, desa, yana ba’zilar, komissiyaga yo‘llagan taklifimni ushbu qonunda ko‘rib, ochig‘i, ko‘zimga yosh keldi, biz kabi oddiy odamlarning ham xohish-irodasi, fikri hisobga olinadigan zamonlarga ham kelarkanmiz-ku, deyishmoqda xursandchiliklarini yashirmay.
Siyosiy lisonimizda eskidan qolgan bir қоиda bo‘lardiki, u mudom jamiyatni davlatdan ajratib ko‘rsatish, hukmron mafkura yoki siyosat tiraniyasini o‘zida ifoda etayotgandek tuyulardi. Masalan, «…Yurtboshimiz muallifi bo‘lgan yoki u kishining rahbarligida, xohish-istagi va rahnamoligida» deganga o‘xshash iboralar faqat bir narsaga, jamiyatning ikkinchi planda turishiga ishora qilardi.
Bu galgi o‘zgarishlar esa oldingilaridan farqli ravishda, shaffoflikda, jamiyatning ko‘z o‘ngida, xalqimizning bevosita ishtirokida o‘tgani bilan ham o‘tmishdagilaridan farq qiladi. Haqiqatan ham, ilgarilari bunday muhim hujjatlar yoki bevosita davlat va jamiyat ҳаётига oid siyosiy qarorlar asosan hukumat hujralarida, yopiq eshiklar ortida imi-jimida hal etilardi. Bu safargi loyiha muhokamasi Parlamentning har ikki palatasida ochiq muhokama qilindi va bu munozaralar televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatildi. Ya’ni hech bir ish xalqimizdan yashirincha, «yeng ichida» amalga oshirilmadi. Qolaversa, keng xalq muhokamasiga qo‘yilishida ham xuddi shunday yo‘l tutildi. Aholi asosiy Qonunimiz бўйича o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, komissiya tomonidan zarur, deb topilgan takliflar qabul qilindi. Shu ma’noda, ushbu qonunimizning ijodkori xalqimizning o‘zi bo‘ldi, Konstitutsiyaмиз chin ma’noda XALQ KONSTITUSIYASIga aylandi, desak adolatli gapni aytgan bo‘lamiz. Bu juda katta va muhim faktor.
Balkim, atrofda ushbu o‘zgarishlar жараёniга istehzo bilan qarayotganlar ham topilar. Bunday kimsalar har doim, har bir jamiyatda bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lishiga shubha qilmayman. Ularga beradigan javobimiz bitta: agar hukumat xohlaganida yoki nimadandir hadiksiraganida shuncha vaqt, mablag‘ sarflamasdan bu masala, ya’ni konstitutsiyaviy islohotlarni referendum yo‘li bilan emas, balki amaldagi Konstitutsiyaga binoan tinchgina, ular o‘ylagandek bexavotir va bexarajat o‘tkazishi ham mumkin edi. Xabari bo‘lmaganlarga eslatamizki, hozir amal qilayotgan Bosh Qomusimizning 127-moddasida quyidagi qoida muhrlangan: «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi».
Bizda nima bo‘ldi? Barchasi ochiq-oshkor, xalqimiz bilan maslahatlashilgan, kengashilgan holda amalga oshirildi. Mazkur Qonunga asosan ijtimoiy tenglik prinsipi mutlaqo adolatli mezonga olib chiqildi.
Shu o‘rinda bo‘lajak yangi Qonunimizning qalbimda chuqur hurmat uyg‘otgan yana bir muhim jihatini aytishni o‘rinli, deb bildim. Bu, bevosita davlat va jamiyat orasidagi qutblashuvning yo‘qolayotgani bilan bog‘liq masaladir. Masalan, yangi Qomusimizdagi o‘zgarishlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, siyosiy elitaga ustuvor qadriyatlar yaratishni emas, jamiyatni himoya qilishga qaratilgani bilan g‘oyatda ahamiyatlidir. Deylik, yuqorida eslaganimizdek, hokimiyatlar bo‘linish prinsipi yoki yuksak martabali lavozimlarga bir nomzodning ikki martadan ortiq saylanmasligi adolat va demokratik tamoyillarga mutlaqo mos keladi va bu jamiyatimiz, birgalikda barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonimizning yorqin istiqboliga xizmat qiladi.
****
Siyosatchilar o‘rtasida «kechuvda otni almashtirmaydilar», degan mashhur gap bor. bugungi kunda O‘zbekistonimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, mana shunday katta islohotlar, yangilanishlar jarayoni bilan yuzma-yuz turibdi. Xalqimizni asov to‘lqinlar, chuqur girdoblar orasidan sog‘-omon olib o‘tish, albatta, oson emas. Buning uchun bizga g‘oyat tajribali va uzoqni ko‘zlab ish tutadigan, kecha-yu kunduz el-yurt tashvishi bilan yashaydigan donishmand Yo‘lboshchi kerak. Barchamiz yaxshi xabardormizki, yangi Konstitutsiyamizda Prezidentlik muddatini belgilash бўйича ham modda kiritilgan. 65 foizi o‘zgargan Qonunda ushbu moddaning ham yangilanishi, bugun dunyoda, mintaqamizda va mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarga hamohang tarzda tahrir qilinishi, o‘ylaymanki, demokratik qadriyatlar, qolaversa, adolat nuqtai nazaridan ham maqsadga muvofiqdir.
Men so‘zim so‘nggida shuni alohida aytishni istardimki, xalqimiz e’tiboriga taqdim etilgan Qonun haqli ma’noda ota-bobolarimiz, ҳаёти sarsonu sargardonlikda kechgan ajdodlarimiz, umri va sha’ni uzoq yillar kamsitilgan xalqimizning asriy orzusi sifatida dunyoga keldi, desam yanglishmagan bo‘laman. Zotan, mazkur konstitutsiyaviy islohotlar zamirida, avvalo, yurtdoshlarimizga munosib hayot darajasi va sifatini yaratish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, o‘lim jazosini taqiqlash, xususiy mulk huquqini kafolatlash, qiynoqqa сolishlarning oldini olish, sud qarorisiz majburiy ushlab turishga barham berish, tazyiqlar, tahqirlarga chek qo‘yish, tadbirkorlik yo‘lida g‘ov bo‘ladigan har qanday illatlar bilan murosa qilmaslik kabi o‘nlab insonparvar maqsadlar mujassamlashgani bu islohotlar avvalo, inson uchun, xalqimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishini yaqqol namoyish etadi.
Men shu aziz Vatanning farzandi sifatida xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni mamlakatimiz Konstitutsiyasini isloh qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumda faol ishtirok etishga hamda yangilanayotgan Bosh Qonunimizni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishga chaqiraman.
Hech qachon unutmaylik, ana shu muhim siyosiy tadbirdagi faol ishtirokimiz bilan barchamiz Yangi O‘zbekistonimiz poydevorini yanada мuсtaҳkamлаш, xalqimiz, farzand va nabiralarimiz uchun yanada tinch, erkin va farovon hayot yaratishga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Qudratilla RAFIQOV,
siyosatshunos