Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlarning farzandlariga yangi imtiyozlar berildi
18:08 / 2023-08-24

-

Prezidentimizning 2022 yil 21dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2023 yil 13 martdagi “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qarori bilan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari, shuningdek, vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari, kvotadan qat’iy nazar, ota-onalar to‘lovidan ozod qilinishi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritilmoqda.  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023  yilning 22 avgustidan  kuchga kirdi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA