French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyasi – raqamli tafakkur va yuksak mas’uliyat uyg‘unligi
15:23 / 2026-01-13

Bugungi globallashuv va texnologiyalar asrida Vatan himoyasi tushunchasi ham yangicha mazmun kasb etmoqda.

Endi yurt sarhadlarini himoya qilish nafaqat jismoniy qudrat, balki intellektual salohiyat, raqamli tafakkur va zamonaviy bilimlar bilan chambarchas bog‘liq. Ana shu yuksak maqsadlar yo‘lida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy harbiy kasblarga yo‘naltirish borasida yangi ufqlarni ochmoqda.

Shu ezgu maqsadlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus press-tur tashkil etildi. Mazkur tadbir Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalari, xususan, Raqamli mudofaa ishlari boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Tadbir davomida jurnalistlar zamonaviy texnika va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan raqamli boshqaruv tizimlari faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda har bir raqam – tartib-intizom, har bir signal  –  mas’uliyat, har bir buyruq esa Vatan tinchligi sari yo‘naltirilgan qat’iy iroda ifodasidir.  

[gallery-27085]

Raqamli mudofaa ishlari boshqarmasi bugun nafaqat ma’lumotlar markazi, balki tezkor qarorlar qabul qilinadigan, zamon bilan hamnafas ishlaydigan strategik maskan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xulosa o‘rnida aytish joizki, bugungi Qurolli Kuchlar –    bu nafaqat qurol va saf, balki tafakkur, texnologiya va Vatanga sadoqat uyg‘unligidir.  

Tadbir yakunida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan vatanparvarlik tadbirlarini xalqimiz, ayniqsa yoshlar ongiga yetkazib berishdagi xizmatlari uchun bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasining tashakkurnomasi topshirildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari