Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyasi muqaddas burch
11:01 / 2022-01-17

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Mudofaa ishlari bo‘limi  yangi binoda ish boshladi.

 Foydalanishga topshirilgan yangi bino ochilishida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizning mudofaa qudratini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, Vatan himoyachilariga yaratilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtaldi. 

Ta’kidlanganidek, yoshlarning armiya, harbiy-vatanparvarlik tarbiya haqidagi ilk taassuroti Mudofaa ishlari boshqarmasi, uning shahar va tuman bo‘limlarida shakllanadi. “Armiya ostonasi” deya e’tirof etiladigan va barcha qulayliklarga ega Mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi ham endilikda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga otlangan yoshlarni harbiylikka tayyorlash va saralashdan tashqari, ularda vatanparvarlik, sadoqat va jasorat  tuyg‘ularini shakllantiradigan maskanga aylanadi. 

Viloyat harbiy-ma’muriy sektori tashabbusi bilan tuman Mudofaa ishlari bo‘limining yig‘in punkti oldida, bo‘sh turgan yer maydonida ikki qavatli harbiy muassasa qurib bitkazildi. Zamonaviy dizayn asosida barpo etilgan va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulaylikka ega binoda navbatchilik xonasi, boshqaruv punkti, arxiv, jismoniy va yuridik shaxslar qabulxonasi kabi 18 ta xona mebel, sovitish tizimi, kompyuter jamlanmalari bilan jihozlandi. Shuningdek, bo‘lim ma’muriy binosi, omborxonalar, avtomashina turar joylari qayta ta’mirlandi. Issiqlik tizimi yangilandi. Hudud obodonlashtirilib, yo‘laklar betonlashtirildi. 

Oybek Murodov boshchiligidagi «Rus-Aymer» MCHJ binokorlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlariga 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Tadbirda binokorlarga minnatdorlik bildirildi. Shundan so‘ng alvon lenta qirqilib, yig‘ilganlar inshootda yaratilgan shart-sharoit bilan tanishtirildi. 

 Zarif Komilov, O‘zA