Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyasi – faxr va mas’uliyat
11:06 / 2026-01-08

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan “ADM Jizzakh” avtomobil ishlab chiqarish zavodida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jizzax garnizonidagi “n” harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida tashkil etildi.

Festival “Milliy armiyamiz – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida o‘tkazilib, ishchi-xizmatchilar va yoshlar uchun mazmunli va ta’sirchan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga aylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining bugungi salohiyati, milliy armiyani rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar xususida atroflicha ma’lumot berishdi.

Festival davomida harbiy orkestr ijrosida vatanparvarlik qo‘shiqlari yangradi, qo‘l jangi elementlari asosida sahna ko‘rinishlari hamda faxriy qorovul bo‘linmasining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Bu chiqishlar ishtirokchilarda, ayniqsa yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy armiyamizga nisbatan faxr va harbiy kasbga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri