Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyasi – eng ulug‘ burch, uning ilk saboqlari bolalikdan boshlanadi
18:35 / 2026-01-14

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida tarbiyalanuvchilarga Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tinchlikni asrash, mardlik va jasorat kabi yuksak qadriyatlar sodda va bolalar ongiga mos tarzda yetkazilmoqda. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar, ramziy chiqishlar hamda tarbiyaviy mashg‘ulotlar orqali bolajonlarda Vatan himoyachilariga nisbatan hurmat va iftixor tuyg‘ulari, yurtga sadoqat, tinch hayot qadrini anglash va kelajakda Vatan ravnaqiga xizmat qilish istagi shakllanmoqda.

[gallery-27123]

Vatanni sevish – uni himoya qilishdan boshlanadi. Bu tuyg‘u esa avvalo bolalik qalbida yuksak qadriyat sifatida ulg‘ayadi.  

Viloyat Faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik Kamol Sherov ishtirokida Buxoro shahridagi 80-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir ham taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA