14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning osuda va xotirjamligini ta’minlash borasida harbiylarimizning matonatli xizmatlari, fidoyiligi haqida so‘z bordi. Vatanni himoya qilishda barcha birdek mas’ul ekanligi alohida qayd etildi.
[gallery-752]
Tadbir doirasida universitet harbiy ta’lim fakulteti talabalarining qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, universitetning shaxsiy tarkibi tomonidan tashkillashtirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Universitet jamoatchilik ishlarida faol o‘qituvchi va talabalar taqdirlandi.
Qurolli Kuchlar akademiyasi fahriy qorovuli va qo‘l jangi bo‘linmalarining jangovar chiqishi, universitet talabalarining konsert dasturi ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Vatanni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar tinglandi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA