Guliston shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. U Vatan ravnaqi va yurt tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan harbiy xizmatchilar xotirasini ulug‘lash, ularning oila a’zolariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.
Marosimda viloyat rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, harbiy xizmatchilar, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari, Qurolli Kuchlar faxriylari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
[gallery-27133]
Tadbir avvalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov barcha ishtirokchilarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, harbiy orkestr sadolari ostida maydon to‘rida joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga viloyat hokimligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, yirik korxona va muassasalar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari tomonidan gulchambarlar va guldastalar qo‘yildi.
G‘ulom Primov, Doston Qalandarov (surat), O‘zA muxbirlari