Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyachilari saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi
09:15 / 2024-10-24

Saylov – 2024

Mudofaa vazirligining Termiz garnizonidagi harbiy qismlardan birida “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida saylov qonunchiligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.  

Unda tinchligimiz posbonlariga saylovlar va saylovga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bu yil mamlakatimizda ilk marta parlament saylovining aralash majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkazilishi va unga ko‘ra, Qonunchilik palatasi deputatlarining yarmi majoritar ya’ni, bir mandatli saylov okrugidan, yarmi proporsional tartib bo‘yicha partiya ro‘yxati asosida bitta saylov okrugidan saylanishi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Milliy qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartishlar fuqarolarning teng saylov huquqi va ovoz berish shaffofligi kafolatlarini yanada mustahkamlagani xususida fikr almashildi.  

Saylovlar jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan muhim siyosiy jarayon bo‘lib, har bir ovoz mamlakat kelajagiga daxldorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois milliy qonunchiligimizda fuqarolarning manfaatlari davlat organlarida to‘laqonli ifodalanishini ta’minlaydigan adolatli, shaffof saylov tizimi yaratilgan.  

Tadbirda harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri