Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan musobaqa g‘oliblari taqdirlandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ular tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda jami 38 ta jamoa ishtirok etdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqada sovrinli o‘rinlarni aniqlash uchun qo‘shimcha savollarga murojaat qilindi.


Musobaqada 1-o‘rinni Bojxona instituti jamoasi egalladi. 2-o‘rin Prezident Davlat xavfsizlik xizmatining “Humo” jamoasiga nasib etdi. 3-o‘rin Milliy gvardiyaning “Favorit” jamoasiga berildi.

G‘olib jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA