French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan e’tirofi
13:33 / 2025-09-01

Mamlakatimizda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida o‘z mehnati, fidoyiligi va mas’uliyati bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan insonlarga hurmat va e’tibor kuchayib bormoqda. Ayniqsa, yurtimizda eng ulug‘ va qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda jamoatchilik orasida munosib izzat-ikromga sazovor bo‘lgan fidoyilarning davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi bu e’tiborning yorqin namunasidir.

Jizzax viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan, fidokorligi bilan tanilgan 12 nafar yurtdoshimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev so‘zga chiqib, fidoyi fuqarolarni bayram va mukofotlar bilan samimiy tabrikladi.

Vatan ravnaqi uchun xizmat qilgan har bir shaxs munosib e’tirofga loyiq. Bu safar ham turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlar, o‘qituvchilar, fermerlar, muhandis va texnik xodimlar, ma’rifatparvarlar, tadbirkorlar, faol xotin-qizlar, hunarmandlar va hatto yuz yoshdan oshgan fidoyilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirov I darajali “Shon-sharaf” ordeni, Sharof Rashidov tumanidagi biolaboratoriya rahbari Paraxat Nabiyeva “Do‘stlik” ordeni, jarroh Xoliyor Ahmedov  II darajali “Salomatlik” ordeni, shuningdek, Forish tumanidagi videomontaj ustasi Mansur Suyunov “Jasorat” medali, 100 yoshdan oshgan Anor Kenjayeva, Ravshan Abdullayev, Yuldosh Adilov, Meliqo‘zi Artiqov, Sherzod Soriyev, Dilfuza Tursunboyeva  kabi fidoyilar esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Bu insonlar o‘z sohalarida sidqidildan mehnat qilib, xalq manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ygan, davlatning ishonchiga sazovor bo‘lgan shaxslardir. Ular haqli ravishda el hurmatiga sazovor bo‘ldilar. 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari