Vasiyatnomaga oid huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar va sud qarorlari tahlili
Dinora Bayniyazovna BEKNIYAZOVA mustaqil izlanuvchi Odil sudlov akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston awada@mail.ru
Annotatsiya
Ushbu maqolada vasiyatnomaga oid huquqni qo‘llash amaliyotidagi dolzarb muammolar sud qarorlari va notarial faoliyat tahlili asosida yoritilgan. Vasiyatnomaning haqiqiy emasligi, meros qoldiruvchining muomalaga layoqatsizligini aniqlashda ekspertizaning roli, da’vo muddatlari va vasiyatnomani talqin qilish bilan bog‘liq nizolar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy tajribadagi “zararsiz xato” prinsipi va vasiyatnomani ijro etishdagi kamchiliklar tahlil qilinib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Tayanch so‘zlar: vasiyatnoma, meros huquqi, sud amaliyoti, muomalaga layoqatsizlik, ekspertiza, notarius, vorislik, da’vo muddati, vasiyatnoma ijrochisi.