Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashingtonning Yaqin Sharq siyosati AQSH mavqeiga zarar yetkazishi mumkin
11:27 / 2023-11-12

Falastin – Isroil mojarosiga oid siyosati AQSHning Yaqin Sharqdagi va xalqaro maydondagi obro‘siga putur yetkazadi. Bu bahoni “The Washington Post” arab davlatlari rahbariyati vakillari va tahlilchilarga tayanib bergan.

Nashr yozganidek, “Begunoh aholiga yetkazilgan zarardan g‘azab” nafaqat Isroil, balki AQSHga nisbatan ham kuchaymoqda, bu Davlat kotibi Entoni Blinkenning Yaqin Sharq va Osiyoga tashrifi chog‘ida ham isbotlandi.

– Bosh vazirlar va diplomatlar unga Isroilning hatti-harakati uchun tanbeh berdi, ko‘pchilik hujum Amerika quroli bilan amalga oshirilayotganini ta’kidladi, – yozadi gazeta. – O‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar tinishga nisbatan chaqiriqqa nisbatan jangovar zo‘ravonlik davom etishi norozilik kayfiyatini kuchaytirmoqda.

Nashr qayd etishicha, AQSHning Yaqin Sharqdagi ta’siri pasayishidan xavotir Vashingtonda Falastin – Isroil ziddiyati avj olishidan ancha oldin paydo bo‘lgan.

“Hozirgi vaziyat esa salbiy oqibatni tezlashtirishi va og‘irlashtirishi mumkin”, deydi tahlilchilar.