French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashingtonning Shimoliy Koreya bilan munosabat o‘rnatishga bo‘lgan urinishi samarasiz ketmoqda
09:04 / 2021-03-15

Prezident Jo Bayden rahbarligidagi Oq uy rasmiylari Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosatni qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Shu paytgacha amalda bo‘lgan  Donald Tramp strategiyasining ayrim jihatlari o‘z kuchida qolishi mumkin. 

TASS” xabarida qayd etilishicha, Vashingtonning shimolliklar bilan munosabat o‘rnatishga bo‘lgan urinishlari hozircha samarasiz ketmoqda.

 AQSH fevralning o‘rtalaridan buyon Koreya yarim orolidagi barqarorlik bo‘yicha Pxenyanga turli diplomatik yo‘llar orqali bir necha marta aloqaga chiqishni taklif qilgan, lekin harakatlar javobsiz qolgan. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bir yildan oshiq vaqt davomida amerikaliklarning shimolliklar bilan “faol muloqoti” kuzatilmagan.