Vashingtondagi aviahalokatga dispetcher va uchuvchilar xatosi sabab bo‘lgani aniqlandi
Vashingtonda yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyotning to‘qnashuviga dispetcher va uchuvchilarning xatolari sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, hukumat aviahalokat uchun qisman aybdor deb topildi, chunki aviahalokat dispetcheri vizual ajratish tartib-qoidalariga rioya qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati joriy yilning 29 yanvar kuni Ronald Reygan milliy aeroporti yaqinida “American Airlines” yo‘lovchi samolyoti va “Black Hawk” harbiy vertolyoti to‘qnashgani haqida xabar bergan edi.
Ichida 60 yo‘lovchi va to‘rt kishilik ekipaj a’zosi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti, shuningdek, uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan vertolyot Vashington yaqinidagi Potomak daryosiga qulagan edi. Rasmiylarning aytishicha, omon qolganlar yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, 67 qurbondan 55 nafarining jasadi topilgan va shaxsi aniqlangan.
G.Sattorova, O‘zA