Vashingtonda AQSH va Suriya prezidentlari uchrashdi
Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp va Suriya yetakchisi Ahmad ash-Shara o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, ular o‘rtasidagi muloqot 1,5 soat davom etgan. To‘liq tafsilotlar haqida Oq uy hozircha hech qanday bayonot bermadi.
Xorijiy nashrlarda yozilishicha, yig‘ilishda Suriya bo‘yicha sanksiyalarni bekor qilishdan tortib, mintaqaviy muammolarga qadar ko‘plab dolzarb mavzular muhokama qilingan.

E’tiborli jihati, mazkur uchrashuv Qo‘shma Shtatlar rahbari va Suriya liderining Oq uyda birinchi uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.
G.Sattorova, O‘zA