Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashington va Tayvan – yaqin hamkorlar
14:18 / 2026-01-28

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Tayvan o‘rtasida sun’iy intellekt, yuqori texnologiyalar va dronlar masalasida yuqori darajali muzokara bo‘lib o‘tdi. Davlat departamenti mazkur uchrashuvdan so‘ng Tayvanni “amaliy jihatdan muhim hamkorimiz” deb atadi.

Tadbir Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida yo‘lga qo‘yilgan AQSH – Tayvan Iqtisodiy farovonlik hamkorligi muloqoti doirasida tashkil qilindi.

Garchi tomonlar o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqa o‘rnatilmagan esa-da, Vashington Tayvanning eng muhim xalqaro tayanchi, asosiy qurol yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Muzokaraning navbatdagi – oltinchi bosqichida Amerika nomidan iqtisodiy masalalar bo‘yicha mas’ul yuqori lavozimli amaldor, Tayvan tomonidan esa iqtisodiyot vaziri ishtirok etdi. Yakunda sun’iy intellekt va yarim o‘tkazgichlar ta’minot zanjiri himoyasiga qaratilgan deklaratsiyani qo‘llab-quvvatlaydigan bayonot imzolandi.

Mulozimlar yetkazib berish zanjiri xavfsizligi, dron uchun ehtiyot qismlar sertifikatsiyasi, muhim minerallar bo‘yicha hamkorlik mavzularini ham ko‘tarishdi.

AQSH Tayvanning ilg‘or ishlab chiqarish salohiyati sun’iy intellekt inqilobini tezlashtirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ikki tomon uchinchi davlatlarda hamkorlik qilish va iqtisodiy bosimlarga birga javob berish zaruratiga to‘xtaldi.

Tayvan bo‘g‘ozi tinchligi va barqarorligi nafaqat mintaqa, balki butun dunyo iqtisodiy xavfsizligi uchun muhimligini qayd etildi. Kun tartibidan suv osti aloqa simi xavfsizligi, past orbitadagi sun’iy yo‘ldosh va yuqori texnologiyalar yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari ham o‘rin oldi.

Musulmon Ziyo, O‘zA