Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashington, Tokio va Seul KXDRni diplomatiyaga chaqirdi
11:22 / 2022-05-27

Kuni kecha BMT Xavfsizlik Kengashida bo‘lib o‘tgan majlisda Shimoliy Koreyaning so‘nggi paytlarda raketa sinovlarini faollashtirgani bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Unda AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild so‘zga chiqib AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani tinchlikka tahdid qilish o‘rniga diplomatik munosabatlarga e’tibor qaratishga chaqirdi.

"Biz KXDRni tinchlikka tahdid qilish o‘rniga mamlakatda yuzaga kelgan COVID-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyatni bartaraf qilishga hamda diplomatik muzokaralarga kirishishga chaqiramiz", — dedi Tomas-Grinfild.

O‘z navbatida, Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun  AQSHni KXDRga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqishga va Pxenyanning qonuniy xavotirini hisobga olishga chaqirdi.

“Xitoy barcha mamlkatlarga bosiqlikni namoyon qilishga va Qo‘shma Shtatlarni  KXDRga nisbatan olib borayotgan siyosatini jiddiy qayta ko‘rib chiqishga va shimolliklarning qonuniy xavotirini hisobga olishga chaqiradi”, dedi u.