Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashington Rossiya-Ukraina nizosi bo‘yicha pozitsiyasini ma’lum qildi
16:29 / 2025-12-03

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida prezident Trampning “Amerika manfaati birinchi o‘rinda” deya ta’riflagan tashqi siyosat doktrinasi haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, u Eron yadroviy muammosi, 19 mamlakat fuqarolari uchun viza cheklovi hamda Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar haqida ham to‘xtalgan.

– Vashingtonning rejasi Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berish, suverenitetini saqlab qolish va 10 yil ichida o‘lkaning Rossiya yalpi ichki mahsulotidan oshib ketish imkoniyatini o‘z ichiga oladi, - dedi Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosat idorasi rahbari. 

Shu bilan birga, u xuddi Moskvaning yana bir necha yil davomida harbiy harakatlar olib borishi real bo‘lmagani kabi AQSHning Ukrainani cheksiz qo‘llab-quvvatlovi ham real emas, dedi.

S.Rahimov, O‘zA