Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashington Pekinni Tayvanga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi
12:26 / 2021-10-04

Vashington Xitoyning Tayvan tegrasidagi buzg‘unchilik harakati faollashganidan xavotirda va orolning o‘z-o‘zini mudofaa qilish tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Praysning aytishicha, Vashington Pekinni Tayvanga harbiy, diplomatik va iqtisodiy bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqiradi.  

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalarining Tayvan qirg‘oqlarida xitoylik harbiylar faollashgani haqida xabarlaridan keyin AQSH davlat departamenti shunday bayonot bilan chiqdi.  

Praysning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Tayvan xavfsizligini ta’minlashi bilan bog‘liq o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishda sobit turadi.