Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vashington Moskva bilan qarama-qarshilikka tayyorlanmoqda
14:20 / 2022-04-26

AQSH rasmiylari Rossiya bilan uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorlanmoqda.

Bu haqda Amerikaning “The New York Times” gazetasi jurnalisti Devid Sanger ma’lum qildi, — deb yozadi “TASS”.

Jurnalist AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostinning yaqinda qilgan bayonotiga e’tibor qaratdi. Ukrainadagi voqealar kontekstida Vashingtonning maqsadlari haqida gapirar ekan, Pentagon rahbari AQSHning Rossiyani zaiflashtirish rejalarini e’lon qildi.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bu endi AQSH va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik sifatida tavsiflanishi mumkin.

Devid Sangerning ta’kidlashicha, dastlab Amerika yetakchisi Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Biroq so‘nggi paytlarda Amerika rasmiylarining ritorikasi keskinlashdi.

Jurnalistning qayd etishicha, Vashingtonning Rossiyaga nisbatan yangi strategiyasi AQSH uchun xavf-xatarga boy.