Vashington Maduro hukumatini barcha daromad manbaidan mahrum qilish chorasini koʻrmoqda
AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha yordamchisi Djon Bolton oʻzining Twitterdagi sahifasida Oq uy Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni daromad manbaidan mahrum qilishga eʼtibor qaratgani haqida maʼlum qilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

“Maduroning noqonuniy tizimini daromad manbalaridan uzib qoʻyish hamda vaqtincha Prezident Guaydo va Venesuela xalqini zarur manbalar bilan taʼminlash, mamlakatga demokratiyani qaytarishda qoʻllab-quvvatlashning barcha choralarini qoʻllashda davom etmoqdamiz“, deb yozgan Djon Bolton.
Bir oz oldin Amerika hukumati Venesuelaning “PDVSA” davlat neft va gaz kompaniyasiga qarshi sanksiya joriy etilganini maʼlum qilgan edi. AQSH oʻz qonunchiligiga binoan “PDVSA“ning barcha aktivlarini yopib qoʻygan va mamlakat tadbirkorlariga ushbu kompaniya bilan bitim tuzishni taqiqlagan.
Shuningdek, Vashington butun dunyo mamlakatlarini zudlik bilan Xuan Guaydoni Venesuelaning qonuniy Prezidenti sifatida tan olishga chaqirgan.