Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Varshavada Yaqin Sharq xavfsizlik masalalari boʻyicha xalqaro konferensiya boshlandi
11:57 / 2019-02-14

Varshavada Yaqin Sharq xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boshlandi.


Varshavada Yaqin Sharq xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boshlandi. “Yevronyus“ning yozishicha, Polsha va AQSH hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjuman Eron, Livan, Rossiya vakillarisiz oʻtkazilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Varshava konferensiyasini rasmiy Tehron “jumboq“ deb atagan. Siyosatshunos LukashFiderik fikricha, Eronning noroziligini oqlash mumkin. “Konferensiya-Eronga maksimal bosim oʻtkazishdagi qadamlarning biri“ degan u.

Xabardagi izohga koʻra, ishtirokchi davlatlarning rasmiy Tehron bilan murakkab munosabatda ekanligi hisobga olinib, Varshava konferensiyasiga Eron vakillari taklif etilmagan. Anjumanda Suriya va Yamandagi qarama-qarshiliklarni tartibga solish, Falastin bilan Isroilni murosaga keltirish, terrorizmga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.

Ayni vaqtda mazkur konferensiya bilan bir vaqtda Suriya xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan Sochi sammiti ham oʻtkazilmoqda. Sammitda Rossiya, Turkiya, Eron vakillari ishtirok etayotir. Kuzatuvchilar fikricha, mazkur tadbir AQSHning Yaqin Sharqda oʻz taʼsirini kuchaytirish harakatlariga javoban tashkil etilgan.

“Varshava konferensiyasida Yaqin Sharq xavfsizlik masalalarini muhokama qilish oʻz yoʻliga, biroq haqiqiy kelishuvga erishish va uni amalga oshirish Rossiya, Eron ishtirokisiz juda qiyin“ deyiladi OAV tahlilida.