Polsha rasmiylari dushanba oqshomi Varshavadagi hukumat binolari ustidan parvoz qilib o‘tgan dron bo‘yicha ikki shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Ular 21 yoshli ukrainalik yigit va 17 yoshli belaruslik qiz ekani tasdiqlandi.
Uchoq Prezident saroyi - “Belvedere” uzra harakatlanayotgan payt Davlat qo‘riqlash xizmati tomonidan zararsizlantirilgan. Tergovchilar ushlanganlar uyini tintuv qilishyapti, ularning shaxsiy ma’lumoti va Polshada qonuniy yashash huquqi tekshirilmoqda.
Bosh vazir Donald Tusk dastlab ijtimoiy tarmoqda “ikki belaruslik hibsga olindi” deb yozgan edi, biroq keyinchalik bu ma’lumot yangilandi.
Maxsus xizmat vaziri vakili Yasek Dobjinski matbuot anjumanida shunday degan: Bu yirik josuslik amaliyoti emas, yoshlar beparvolik yoki qiziqish tufayli qilgan harakat bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, yaqinda Rossiyadan uchgan Shahid dronlari mamlakat hududiga kirib kelgandan keyin Polshada yuqori ogohlik rejimi amal qilyapti. O‘tgan hafta NATO qiruvchi samolyotlari bu dronlarni urib tushirishga majbur bo‘lgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA