O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sanoat zonalarida loyihalar amalga oshirilishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, sanoat zonalarida sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash hamda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablag‘larni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibi joriy etiladi.
Qaror bilan Sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash hamda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish va qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablag‘larni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi hamda sanoat zonalari direksiyalari ushbu qarorda tasdiqlangan vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarning bajarilishiga shaxsan javobgar etib belgilandi.
Mazkur Vaqtinchalik nizom sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan yakuniga yetkazilmagan loyihalarni amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarni baholash, qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarda investitsiya kiritish hamda qurilish ishlarini amalga oshirgan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan sarflangan mablag‘larni qoplab berish sharti bilan yangi ishtirokchilarga berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 4 martdagi PF-41-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqiladigan “Sanoat zonalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladi.
O‘zA