Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vaqf” fondidan navbatdagi xayriya
15:58 / 2022-02-24

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun navbatdagi xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, Turkiyaning Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xayriya tadbirida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi yuzta kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand oilalarga jami 21 million 600 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti topshirildi. 

[gallery-5882]

– Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorligimiz yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov. – Xalqimiz orasidagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizga ko‘maklashish yo‘lidagi bunday tadbirlar kelgusida ham davom etadi. 

Dovud Abibullayev,  
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA