Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vanuatu hukumati mamlakatda iqlim bilan bog‘liq favqulodda vaziyat e’lon qildi
22:36 / 2022-05-28

Vanuatu parlamenti (Tinch okeanining janubidagi orol davlat) mamlakatda iqlim bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yuzaga kelganini bildiruvchi 17 banddan iborat rezolyutsiyani qabul qildi.

Bu haqda muxolifatdagi deputat Ralf Regenvanu ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.

«Vanuatu parlayementi odamlar, jamiyat va Vanuatu Respublikasining tabiiy resurslariga tahdid soluvchi iqlim bilan bog‘liq favqulodda vaziyat e’lon qildi», — deb yozdi Regenvanu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida rezolyutsiyadan parcha keltirib.

Shunday qilib, Vanuatu Tinch okeanida iqlim bilan bog‘liq favqulodda vaziyat e’lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi, deydi Regenvanu.

Yil oxirida mazkur hujjatni BMT Bosh assambleyasiga ovozga qo‘yish uchun taqdim etish rejalashtirilmoqda, deya xabar tarqatdi New Zeland radiosi.

Vanuatu bosh vaziri Bob Lafmanning ta’kidlashicha, boy korporatsiyalar va hukumatlar toki daromadni odamlar va sayyoramizdan ustun qo‘yar ekan Tinchokeani mintaqasi yashab qola olmaydi.

Vanuatu iqlim inqirozi oqibatlarini boshidan o‘tkazayotgan dunyodagi eng himoyasiz mamlakatlardan biri hisoblanadi. Orol davlat dengiz sathi ko‘tarilishi qurboni bo‘lishi mumkin. Bu so‘zsiz, quruqlikning yo‘q bo‘lib ketishiga, injiq ob-havo, jumladan, dovullar, bo‘ronlar, yer ko‘chishlari, suv toshqinlari va qurg‘oqchilik ta’siriga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.