Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Van I: Xitoy va YeI bir-biriga raqib emas, hamkor bo‘lishi kerak
12:18 / 2025-07-15

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I Pekinda Malta Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va turizm vaziri Yan Borg bilan uchrashdi. Bu haqda mamlakat TIV ma’lum qilgan.

Muloqot chog‘ida Van I ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni savdo, turizm va ta’lim sohalarida yanada mustahkamlash lozimligini qayd etgan.

Shuningdek, Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatida tomonlar bir-birini “raqobatchi emas, hamkor” sifatida ko‘rishi kerakligini ta’kidlab, muloqot va sheriklikni kengaytirishga chaqirgan.

O‘z navbatida Yan Borg ham muayyan kelishmovchiliklar “muloqot va maslahat” orqali hal etilishiga ishonch bildirgan.

Diplomatik munosabat o‘rnatganiga 50 yil to‘lgan XXR va YeI tez orada oliy darajali uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbir Xitoyda iyul oyi oxirgi haftasida bo‘lib o‘tadi.