Van I: “Xitoy diplomatiyasi 2023 yilda muvaffaqiyatli davom ettiriladi”
Xitoy rahbariyati 2023 yilda milliy yetakchilar darajasida diplomatiyani faol rivojlantirish niyatida. Bu haqda yakshanba kuni Tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy diplomatiyasiga bag‘ishlangan simpoziumda ma’lum qildi.
“Hukumat yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan Xitoy kommunistik partiyasining 20-s’ezdida ishlab chiqilgan xalqaro siyosatni davom ettiradi. Biz katta tashqi xavf va tahdidlarga qarshi turish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, dedi u.
Van I, shuningdek, “bu yil Qo‘shma Shtatlar gegemoniyasiga va Vashingtonning kuchli ta’sir siyosatiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borildi, bu Xitoy diplomatiyasining asosiy yutuqlaridan biri bo‘ldi”, deb ta’kidladi.
“Biz kuch va gegemonlik siyosatiga qo‘rqmasdan qarshilik ko‘rsatib, AQSHning Xitoyga qarshi unsurlari va Tayvanning mustaqilligini targ‘ib qilayotgan ayirmachilarning takabburligiga kuchli zarba berdik”.