Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valyutafurushlar ushlandi
17:48 / 2023-07-19

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar ushlandi.

Jumladan B.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va A.D. jami 3 ming 300 AQSH dollarini fuqaro S.A.dan 38,1 million so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 250 AQSH dollari, 81 ming 500 qozoq tengesi va 50,7 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA