Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 11 noyabr kuni Xovos tumani hududida A-376 xalqaro avtomagistral yo‘lining M-34 avtoyo‘liga tutashgan qismi, Xovos tumani Jom’e masjidi yaqinidagi chorraha oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.K. «maxsus xaridor»ga 3500 AQSH dollarini 36 million 470 ming so‘mga sotgan vaqtida voqea joyida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Muqaddam xuddi shunday qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, Xovos tumanida yashovchi fuqaro I.K.dan tezkor-tadbir davomida 3500 AQSH dollari va 10 million 455 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan IJQK Departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Departamentning Sirdaryo viloyati
boshqarmasi Matbuot bo‘limi