Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valyuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
17:02 / 2023-03-27

Farg‘ona tumani «Marg‘ilon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.T. jami 4,4 ming AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 50,5 million so‘mga sotgan. Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi A.T. fuqaro B.A.ga jami 4 ming AQSH dollarini 45,8 million so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA