Valyuta qimmatliklarini banklar orqali qonuniy ravishda istalgancha ayirboshlash mumkin. Ammo hali ham valyuta “qora bozori” mavjudligi ajablanarli. Vaholanki, bunday g‘ayriqonuniy usul boshqa hech bir davlatda yo‘q.
Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar Bosh prokuratura Departamenti xodimlari tomonidan jazoga tortilmoqda.
Fuqaro A.N. 3,5 ming AQSH dollarini fuqaro A.D.ga 39,9 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Departamentning Asaka tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bu holat fosh etildi.
Yangiqo‘rg‘on tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanuvchi O.O. jami 3,4 ming AQSH dollarini fuqaro S.E.ga 38,7 million so‘mga sotgan vaqtida Departament va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA