Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valyuta operatsiyalariga doir qoidalar belgilanmoqda
17:07 / 2022-05-10

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan “Tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi hamda shartnomaviy munosabatlarning takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi. 

Mazkur qonun loyihasi bilan Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasidagi qarz summasi chet el valyutasida belgilangan bo‘lsa, ushbu shartnoma yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi shartligiga, shuningdek, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning 17 va 18-moddalari jismoniy shaxslar chet el valyutasida qarz shartnomasini notarial tartibda tasdiqlash orqali valyuta operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkinligiga doir qoidalar belgilanmoqda.  



Fraksiya a’zolari qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirdilar. Savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi. 

Shuningdek, yig‘ilishda “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.


Muhtarama Komilova, O‘zA