Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valyuta nazoratini amalga oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish mumkin
14:50 / 2024-10-11

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuhamedov boshchiligida tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va valyuta nazoratini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilishda raqamli texnologiyalarning o‘rni, xavf indikatorlarini tashqi savdo sohasiga joriy etish hamda idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, valyuta nazoratini amalga oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish alohida ta’kidlab o‘tildi.     

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan shartnomalar ijrosini doimiy monitoring qilib borish, amaliyotda uchrayotgan muammolar, qonunchilikni takomillashtirish va raqamlashtirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar borasida o‘zaro fikr almashilib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.   

Sh.Mamaturopova, O‘zA