Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valyuta ayirboshlash yanada tez va oson!
14:57 / 2023-07-20

Korporativ mijozlarimizga qulaylik yaratish maqsadida MKB Business ilovasida onlayn-konvertatsiya xizmati yo'lga qo'yildi.

Endilikda, korporativ va kichik biznes subyektlari onlayn tarzda xorijiy valyutani sotib olish va sotish imkoniyatiga egalar. 

─ yuridik shaxslarga chet el valyutasini sotish, ya‘ni yuridik shaxslarning so‘m mablag‘larini chet el valyutasiga ayirboshlash. Tashqi savdo shartnomalariga asosan tovar yoki xizmatlar importi, chet el valyutasida olingan kredit mablag‘larini qaytarish hamda xorijiy davlatga xizmat safarlari uchun so‘m mablag‘larini chet el valyutasiga aylantirib berish.

─ yuridik shaxslardan chet el valyutasini sotib olish, ya‘ni yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘larini milliy valyutaga ayirboshlash.

Ilova orqali konversiya amaliyotlarini, ya’ni bir xorijiy valyutani boshqa xorijiy valyutaga ayirboshlash ham mumkin. 

─ naqd pulsiz xorijiy valutani boshqa xorijiy valutaga nisbatan xarid qilish/sotish, USD/RUB, RUB/USD, EUR/USD va USD/EUR valyuta juftliklari boʻyicha foreks orqali yoki bankning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Ilovada valyuta konvertatsiya qilish xizmati bank ish kunlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

App Store yoki PlayMarketdan MKB Business ilovasini yuklab oling va o‘zingiz uchun qulaylik yarating.

Reklama huquqi asosida