Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valyuta ayirboshlash shoxobchasi video kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi
17:13 / 2018-12-12

Endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi oʻzi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.


Endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi oʻzi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.

Shuningdek, 09002-son shakldagi maʼlumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi. 
Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi oʻzi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.