Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Valensiyada Samarqand taqdimoti
18:53 / 2024-02-17

Shu kunlarda Samarqand viloyati turizm sohasi vakillari Yevropa mamlakatlari bo‘ylab safar qilmoqda.

Samarqand viloyati turizm boshqarmasi, muzeylar va tarixiy-madaniy meros ob’ektlari vakillaridan iborat delegatsiya Ispaniyaning Valensiya shahrida “Samarqand – yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi. 

Ispaniyadagi turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muzeylar vakillari, arxeolog olimlar, ommaviy axborot vositalariga Samarqandning turistik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Samarqandning Ispaniya qirolligi bilan aloqalari tarixi Amir Temur va temuriylar davriga borib taqalishi, Sohibqiron saltanatida ispan elchilari faoliyat ko‘rsatgani qayd etildi. 

Samarqand xalqaro aeroporti, “Silk Road Samarkand” turistik markazi va boshqa ob’ektlarda sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, viloyatdagi muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mezbonlarda qiziqish uyg‘otdi.

Taqdimot davomida Ispaniyadan yurtimizga sayyohlarni jalb qilish, charter reyslarni amalga oshirish, ikki tomon shaharlarida madaniyat kunlarini o‘tkazish yuzasidan takliflar bildirildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri