Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vaksinatsiya bilan bog‘liq savollarga tezkor javob qaytaruvchi Call-markaz tashkil etildi
14:51 / 2022-12-29

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining yangi «Vaksinalar va immunoprofilaktika» bo‘limida informatsion resurslar va koronavirusga qarshi emlashni muvofiqlashtirish – Sall markazi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Call-markazi aholida vaksinatsiya bilan bog‘liq savollarga tezkorlik bilan javob qaytarishga mo‘ljallangan.  

Kelgusi yil respublikaga olingan vaksinalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarga sovuqlik zanjiriga rioya etgan holda yetkazib berilishida haroratni kuzatuvchi elektron monitoring amaliyotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.  

Shuningdek, immunizatsiya ishlari uchun mas’ul tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini ish joyida oshirish, vaksinalarni samarali boshqaruv, yuqumli kasalliklarni oldini olishda rejali va epid-ko‘rsatmaga muvofiq emlashlarni jadallashtirish, qizamiq, poliomiyelit yuqumli kasalliklarining chetdan kirib kelishi va uning tarqalishini oldini olishda chora-tadbirlarni takomillashtirish, aholi orasida emlashning ahamiyati, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini oshirish mavzusida o‘quv mashg‘ulotlar olib borilishi ko‘zda tutilgan.  

 

M.Qosimova,  

O‘zA